Yangilik haqida batafsil

Tinglovchilar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi

Namangan shahrida o‘tkazilayotgan ko‘chma malaka oshirish kurslarida tinglovchilar ishtirokida anonim so‘rovnoma tashkil etildi.
Tadbir Institutning Farg‘ona filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.
So‘rovnomada tinglovchilarning quyidagi masalalar bo‘yicha fikrlari o‘rganildi:
— Darslar va o‘quv modullarining sifati;
— O‘quv jarayonini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar;
— Sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari.