Yangilik haqida batafsil
MUSTAQILLIK — TARAQQIYOT, YANGILANISH VA YUKSALISH POYDEVORI
Joriy yilning 3-sentabr kuni institutning Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik darsi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida direktor o‘rinbosari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent O.Qambarov tomonidan mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan tizimli islohotlar, davlat va jamiyat boshqaruvidagi yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim, fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishilgan yutuqlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.


