Yangilik haqida batafsil

Mustaqillik 35 Samarali mehnat e’tirofi

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan bir guruh soha vakillariga ham “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov esdalik nishonlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan o‘z egalariga yetkazdi.

Quvonarlisi taqdirlanganlar orasida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining bir qator professor-o‘qituvchilari va xodimlarining ham borligi.
Tantanali marosim davomida o‘z mehnati va fidoyiligi bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarning xizmatlari alohida e’tirof etildi.