Yangilik haqida batafsil
Mahorat_darsi | Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali oktabr oyi “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi, Farg‘ona shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi stol tennisi treneri Muxtorova Muattarxon Abdumalik qizi tomonidan “Stol tennisida raketkani ushlash va to‘pni to‘g‘ri uzatish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.


