Yangilik haqida batafsil

Mahorat_darsi | Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali oktabr oyi “Boks” guruhi tinglovchisi, Namangan Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks treneri Muzaffarov Xasan Anvarovich tomonidan “Boksda to‘g‘ri turish holati va qo‘l zarbalarini bajarish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.