Yangilik haqida batafsil

Mahorat_darsi | Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali oktabr oyi “Taekvondo WT” guruhi tinglovchisi, Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi taekvondo WT treneri Quchkarov Shoxruxbek Ma’murjon o‘g‘li tomonidan “Taekvondo WT sport turida himoyalanish va masofani saqlash usullari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.