Yangilik haqida batafsil

KITOBXONLIK — MA’NAVIY KAMOLOT ASOSI

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda oktabr oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti O.Qambarovning “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida o‘quv qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan mavzular hamda jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari uchun amaliy va ilmiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.