Yangilik haqida batafsil

“HUQUQIY ZAKOVAT” — BILIM, ZUKKOLIK VA HAMJIHATLIK BELLASHUVI!

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida sentyabr oyi tinglovchilari hamda filial xodimlari o‘rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, jamoaviy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining huquqiy bilimlari, topqirligi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
1-o‘rin — “Qonun bilimdonlari” jamoasi
2-o‘rin — “Adolat posbonlari” jamoasi
3-o‘rin — “Huquq ziyolilari” jamoasi egalladilar. G‘olib jamoalar filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.