Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida zamonaviy Axborot-resurs markazi

Joriy yilning 4-sentabr kuni Institutning Farg‘ona filialida yangidan ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan Axborot-resurs markazi bilan sentabr oyida tahsil olayotgan tinglovchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida tinglovchilarga Axborot-resurs markazida yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quv va ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.