Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida umummilliy diktant o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida filial xodimlari o‘rtasida “Tabiat va inson mushtarakligi” mavzusida umummilliy diktant o‘tkazildi.
Tadbirda filial rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etib, o‘zbek tilida yozma savodxonlikni oshirish, imlo me’yorlariga rioya qilish va yozma nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni bajardilar.
Jarayon davomida ishtirokchilarning imlo qoidalariga amal qilishi, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanishi va fikrlarni yozma ravishda savodli ifodalash ko‘nikmalariga e’tibor qaratildi.

