Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2026-yilning sentabr oyidan 2027-yilning iyun oyiga qadar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish yuzasidan ish rejasiga muvofiq Institutning Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda tinglovchilar o‘rtasida “Raqamli davr tahdidlari: axborot xurujlariga qarshi hushyorlik” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona shahar Ichki ishlar xodimlari tomonidan raqamli davr tahdidlari, axborot xurujlari, kiberxavfsizlik masalalari hamda himoyalanish usullari haqida atroflicha ma’lumot berildi.