Yangilik haqida batafsil

FARG‘ONA FILIALIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN MAXSUS BURCHAK TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-oktabrdagi VM-24/26-202-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Institutning Farg‘ona filialida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

 Jumladan, filialning ma’muriy va o‘quv binolari kirish qismlari O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan targ‘ibot materiallari, davlat tilining ahamiyati va milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmali vositalar bilan bezatilib, maxsus ma’naviy-ma’rifiy burchak tashkil etildi.