Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti Farg‘ona filialida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.


