Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Institutning Farg‘ona filialida “Kiberxavfsizlik masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona shahar IIBXPB 1-son profilaktika inspektori, katta leytenant A.Qambarov, filial professor-o‘qituvchilari hamda sport turlari bo‘yicha trenerlar ishtirok etdi.

Seminar davomida kiberxavfsizlikka oid dolzarb tahdidlar, mobil qurilmalarni zararli fayl va ilovalardan himoya qilish usullari, shuningdek, “APK Qo‘riqchi” dasturidan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Dastur APK fayllarini tekshirish, ilovalarni o‘rnatish manbalarini nazorat qilish hamda shubhali fayllarni oldindan aniqlashga ko‘maklashishi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, noma’lum manbalardan kelgan fayl va havolalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.