Yangilik haqida batafsil

FARGʻONA FILIALIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga Koreya beysbolining afsonaviy murabbiyi, sport rahbari va beysbol sohasidagi nufuzli arbob KIM EUNG-YONG tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar filialda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv auditoriyalari hamda sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.