Yangilik haqida batafsil
FARGʻONA FILIALIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga braziliyalik Jiu-Jitsu murabbiyi Davison Almeida de Souza hamda jiu-jitsu mutaxassisi Abdulhafiz Ahmadaliyev tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar filialda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv auditoriyalari hamda sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.


