Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Joriy yilning 11-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida filial Bosh yuriskonsulti Suleymanov Rustamjon Xashimovich tomonidan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida filial direktor o‘rinbosari v.v.b. O.Qambarov, Kadrlar bo‘limi inspektori M.Nosirova, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.