Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti X.Madaminov tomonidan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish kursining “1-guruh”  tinglovchilariga “Zamonaviy taʼlim paradigmalari” moduli boʻyicha “Xalqaro baholash dasturlar (PISA, TIMSS va PIRLS) natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish” mavzusidagi ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi.