Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsent v.b. A.Rahmatjonov tomonidan “Gimnastika sport turlari” guruhi tinglovchilariga “Sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” moduli boʻyicha “Internet xizmatlaridan foydalanish” mavzusidagi ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi.


