Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi I.Bozorov tomonidan Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish yoʻnalishi “4-guruh” tinglovchilariga “Ta’limdagi islohotlar va sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar” moduli boʻyicha “Ta’limdagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy faoliyatda qo'llash” mavzusidagi ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi.