Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali koʻchma malaka oshirish

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyati jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun uch hafta davomida bevosita malaka oshirish kurslari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi, so'ngra Farg‘ona filiali ma’sullari tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilariga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘tkazilish joylari, tartibi haqida tushunchalar berildi.