Yangilik haqida batafsil

“Book kafe” loyihasi doirasida “Onalarga ehtirom” mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali ARM bo‘limi boshlig‘i hamda sentyabr oyi tinglovchilari Farg‘ona viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida “Onalarga ehtirom” mavzusida kitobxonlik tadbiri o‘tkazilib, ona siymosi, uning oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va mehr-muhabbati haqida fikr almashildi.
Mavzuga oid badiiy adabiyotlar tavsiya etildi, tinglovchilar esa o‘z mutolaalari yuzasidan fikr bildirdilar.