Yangilik haqida batafsil
“Book kafe” loyihasi doirasida navbatdagi kitob taqdimoti o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida “Book kafe” loyihasi doirasida navbatdagi kitob taqdimoti tashkil etildi.
Navbatdagi kitobxonlik tadbirida o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi, buyuk adib Abdulla Qodiriyning “Sarob” romani taqdim etildi. Asarni “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti A. Jaxbarov taqdim etib, uning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, syujeti hamda asarda aks ettirilgan davr manzaralari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Taqdimot davomida “Sarob” romanida yoritilgan inson taqdiri, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va turli hayotiy qarashlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.


