Yangilik haqida batafsil

“BOOK CAFE” LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI KITOB MUHOKAMASI

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Institutning Farg‘ona filialida sentyabr oyi tinglovchilari ishtirokida navbatdagi “Book Cafe” loyihasi tashkil etildi.
Uchrashuvda amerikalik yozuvchi va biznes maslahatchisi Stiven R. Koviyning “Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi” asari muhokama qilinib, unda ilgari surilgan shaxsiy va kasbiy rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim tamoyillar yuzasidan fikr almashildi.